Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Презентация №7

.pdf
Скачиваний:
193
Добавлен:
05.01.2021
Размер:
1.45 Mб
Скачать

«Madaniyat haqidagi fanlarning energetik asoslari» asari (1909)

}Energetika ijtimoiy fanlar uchun evristik tamoyillarni ishlab chiqishga qodir. Energetik nuqtai nazardan madaniy jarayon

– bu energiyani bog‘langanlikka aylanishidir.

}Qanchalik ko‘p miqdorda bog‘langan, foydali energiya olinsa, shunchalik madaniyat taraqqiyoti salmoqli bo‘ladi.

}Energiyaning yoyilishi qonuniga asoslangan bu universal mezon nafaqat ijtimoiy taraqqiyotning ko‘lamini o‘lchaydi, balki, organizm yashovchanligining uzayishini ham kuzatib borish imkonini beradi.

Sotsial fizika g‘oyasi namoyandalari:

}Vladimir Mixaylovich Bexterev

}Leon Vinyarskiy

}Antonio Barselo

}Alfred Lotka

}Vilfredo Pareto va b.

Sotsial-darvinizm

}Gabriel Tard, Lester Uord, Franklin Giddings, Emil Dyurkgeym tomonidan bildirilgan nuqtai nazarlar va ilgari surilgan g‘oyalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

}Ch.Darvinning o‘zi ham va shuningdek, darvinizm ta'limotining boshqa asoschilari, jumladan Alfred Uolles va Tomas Geksli kabi olimlar ham biologik tushunchalarni bevosita to‘g‘ridanto‘g‘ri ijtimoiy fan sohalariga o‘tkazilishiga qarshilik bildirishgan.

}Asoschisi – G.Spenser.

Sotsial darvinizm maktabining ikkinchi yo‘nalishi vakillari:

}Uolter Bejgot «Fizika va siyosat»

}Lyudvig Gumplovich – «Irq va davlat», «Irqiy kurash»

}Gustav Ratsenxofer – «Siyosatning mohiyati va maqsadi»,

«Sotsiologik bilish», «Sotsiologiya. Insoniy o‘zaro munosabatlar haqidagi pozitiv ta'limot»

}Albion Smoll

}Uilyam Grem Samner – «Xalq urf-odatlari», «Olamni to‘ntarishga absurd urinish».

Uolter Bejgot

(1826-1877)

}Angliyalik publitsist, iqtisodchi va siyosatchi olim, o‘zining «Fizika va siyosat» kitobida (1872) birinchilardan bo‘lib, darvinizm nazariyalarini ijtimoiy fanlarga tadbiq etishga dastlabki urinishlarni amalga oshirlgan.

}«Boshqa sohalarda «tabiiy tanlov qonuniyati»ning amal qilinishiga qarshi fikr bildirish mumkindir, biroq so‘zsiz ravishda bu qonuniyat kishilik jamiyati tarixining boshlang‘ich davrlarida yetakchi o‘rin tutadi, ya'ni bu davrda kuchlilar kuchsizlarni kuchi yetgani darajasida o‘ldirishlari kuzatilgan».

Lyudvig Gumplovich

(1838-1909)

}Avstriyalik sotsiolog va huquqshunos olim tomonidan bevosita evolyusion nazariyadan kelib chiqmaydigan konsepsiya ishlab chiqilgan.

}U biologik o‘xshashlik nazariyasiga qarshi fikr bildiradi va Kont, Spenser, Sheffle, Lilienfeld kabi sotsiologlar tomonidan ta'kidlangan: «biologik o‘xshashlik sotsiologiyada hech qanday ahamiyatga ega emas va bu o‘xshashliklar faqat bizga timsollarni solishtirish imkonini beradi, biroq hech qanday holatlarda ham ma'lum bir aniq bilimlarni ifodalamaydi...» ko‘rinishidagi tanqidiy izohlar tarafdori.

Lyudvig Gumplovich

(1838 –1909)

}«Insoniyat – koinot va tabiatning bir qismi hisoblanadi va unga tegishli bir butunlikni aks ettiruvchi abadiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi».

}Asosiy ijtimoiy qonuniyat – «har bir ijtimoiy guruhning o‘z yo‘lida uchrovchi har bir boshqa ijtimoiy guruhlarni bo‘ysindirishi va o‘z faoliyatini kengaytirishga, hukmronlikka intilishi».

}Ehtiyojlarning qondirilishi bir ijtimoiy guruhning boshqasi ustidan zug‘um o‘tkazishi, ularni majburlashi yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Asosiy asarlari

}«Irq va davlat» (1875);

}«Umumiy davlat huquqi» (1877);

}«Irqlar kurashi» (1883);

}«Sotsiologiya ocherklari» (1885);

}«Davlat nazariyalari tarixi» (1905);

}Социология и политика. - М., 1895;

}Основы социологии. - СПб, 1899; Социологические очерки. Одесса, 1899

}Очеркъ исторіи соціологіи, СПб, 1899;

}Ибнъ Хальдунъ, арабскій соціологъ ХІV вѣка. Переводъ съ польскаго Ст. Собанской. „Научное обозрение“, 1898, № 2, 2113-2125.

Gustav Ratsenxofer

(1842-1904)

}Avstriyalik sotsiolog – «Siyosatning mohiyati va maqsadi» (1893), «Ijtimoiy ong» (1898) va uning vafotidan keyin nashr qilingan «Sotsiologiya. Insoniy munosabatlar haqida pozitiv ta'limot» (1907) asarlarining muallifi.

}Sotsiologiya – bu falsafiy fan hisoblanib, barcha ijtimoiy fanlar va siyosatning asosini tashkil qilishi ta'kidlanadi.

}Ziddiyat – asosiy ijtimoiy jarayon.

}Manfaat – ijtimoiy jarayonlarni boshqaruvchi asosiy tamoyil.

Manfaat turlari:

}prokreativ (avlodni davom ettirishga turtki beruvchi);

}fiziologik (ovqatlanish bilan bog‘liq);

}individual (o‘zligini namoyon qilishga intilish bilan bog‘liq);

}sotsial (qarindosh-urug‘chilik va guruhiy aloqalar bilan bog‘liq);

}transsendent (diniy e'tiqod bilan bog‘liq) manfaatlar.

Соседние файлы в предмете История социологии