Добавил:
mkk-1978@mail.ru Доктор экономических наук, профессор кафедры Экономической теории национального университета Республики Узбекистан им. М.Улугбека Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
4-mavzu.pptx
Скачиваний:
1148
Добавлен:
01.01.2021
Размер:
5.64 Mб
Скачать

4-BOB. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI

Ma`ruzachi:

RE`JA

1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi

2. Importni tahlil qilish

3. Eksportning tahlil qilish

1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi

. To‘lov balansida norezidentlarga amalga oshirilgan to‘lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etildi.

To‘lov balansi qo‘llanmasiga muvofiq (TBQ, 1993 y.), «to‘lov balansi unda tizimlashtirilgan ko‘rinishda ushbu iqtisodiyotning tashqi dunyo bilan muayyan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar keltiriladigan statistika qaydnomasini o‘zida namoyon etadi».

To‘lov balansi hisobot davri mobaynida tashqi savdo qanday rivojlanganligini, chet eldan qancha miqdorda daromadlar olinganligini va chet elga qancha miqdorda mablag‘ to‘langanligini ko‘rsatadi.

U xorijiy investitsiyalarni jalb qilish qanday kechganligini va mamlakat xalqaro zaxiralarining darajasi qanday o‘zgarayotganligini kuzatish imkonini beradi. To‘lov balansining makroiqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat.

1. To‘lov balansi – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham (lo‘nda) shakli.

2. To‘lov balansi davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko‘lamlari, tarkibi va xususiyatini miqdoriy va sifat jihatdan ifodalashni o‘zida namoyon etadi.

3. To‘lov balansi kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, savdo siyosatining vositalari hamda yo‘nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning muhim indikatori hisoblanadi. Quyida to‘lov balansida moddalarni aks ettirishning umumiy qabul qilingan qoidalarini ko‘rib chiqamiz.

To‘lov balansini tuzishda amal qilinadigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini qo‘llash. Har bir operatsiya bir xil ma’noga, lekin debet bo‘yicha (-) va kredit bo‘yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo‘lgan ikkita yozuv shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa kredit moddalari sifatida aks ettiriladi, masalan

Tovarlar va xizmatlar eksporti Kredit (+)

Tovarlar va xizmatlar importi Debet (-)

Moliyaviy majburiyatlarning oshishi Kredit (+)

Moliyaviy aktivlarning oshishi Debet (-)

Majburiyatlarning kamayishi Debet (-)

Aktivlarning kamayishi Kredit (+).

Real va moliyaviy operatsiyalar. To‘lov balansi real va moliyaviy oqimlardan tarkib topgan. Real oqimlar – bu tovarlar va xizmatlar bilan amalga oshiriladigan (import, eksport, etkazib berish) operatsiyalar mahsuli.

Transfertlar. Milliy chegaralar orqali beg‘araz transfertlar bir tomonlama amalga oshirilgan operatsiyalarni o‘zida namoyon etadi. Faraz qilaylik, YAponiya hukumati O‘zbekistonga jamoat transporti uchun bir necha avtobusni topshirdi.

Rezidentlik. To‘lov balansida rezidentlik konsepsiyasi operatsiya ishtirokchisining millatiga emas, balki uning iqtisodiy manfaatining markaziga asoslanadi. Mazkur amaliyot Milliy hisobvaraqlar tizimi (MHT)da qo‘llaniladi.

2. Importni tahlil qilish

Kichik davlat gipotezasidan foydalanilganda, chet el valyutasidagi import narxi jahon bozorida aniqlanadi va o‘sha davlatning boshqaruvi

organli tomonidan boshqarilmasligi nazarda tutiladi.

Bu holda import hajmi ichki talab bilan importga bo‘lgan talab quyidagi formula ko‘rinishida aniqlanadi:

M

 

Yd

,

Pm

(4.4.1)

Pm

 

Py

Py

(+) (-)

BU ERDA:

M – importning qiymati;

Pm – eksportning milliy valyutadagi narxi; Yd – ichki daromad (yoki ichki talab);

Py – ichki narxlar darajasi.

Import hajmi haqiqiy daromad yoki haqiqiy ichki xarajatlar oshganda o‘sishi mumkin. Narxlarning raqobatbardoshlik o‘zgaruvchanligi ularning nisbatan o‘zgarishiga import hajmining reaksiyasini, chunonchi mos valyutalarda ichki va tashqi narxlarning harakatini, shuningdek, almashish kursini aks ettiradi.

Importga bo‘lgan talabga daromad va nisbiy narxlardan tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kreditning mavjudligi bevosita import kreditlar taklif qilinganda importga ta’sir qiladi. SHuningdek, ichki xarajatlar darajasiga ta’sir etuvchi boshqa kreditlar orqali bilvosita ta’sir etadi.

Miqdoriy chegarali va import takliflarining yuqori bo‘lishi importga bo‘lgan talabni cheklaydi. Prognozlashtirishda shu cheklovchi omillarning mumkin bo‘lgan o‘zgarishini hisobga olish kerak. Me’yoriy cheklashning o‘ziga va uning amalda ta’sir qilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil bo‘lib chet el valyutasining yo‘qligi xizmat qilishi mumkin.