Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
3922
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19.19 Mб
Скачать

18.3. Parallel qo‘zg‘atishli motorlar

Parallel qo‘zg‘atishli motorlarning ulanish sxemasi 18.3,a-rasmda keltirilgan. Unda qo‘zg‘atish chulg‘ami (QCH)dagi tok yakor chulg‘ami (YACH) tokiga bog‘liq emas. QCH zanjiridagi reostat qo‘zg‘atish toki va asosiy magnit oqimni o‘zgartirish uchun zarur.

Motorning ekspluatatsion xususiyatlarini uning ishchi tavsif­lari aniqlab beradi. Ishchi tavsiflari deb, kuchlanish va qo‘zg‘atish toki o‘zgarmas bo‘lgandagi ayla­nish tezligi p, yakor toki , foydali moment M2, aylantiruvchi moment M ning valdagi quvvati R2 ga bog‘liqligiga aytiladi (18.3,b-rasm).

18.3-rasm. Parallel qo‘zg‘otishli motor sxemasi (a) va ishchi tavsiflari (b)

Ifoda - uni, aksariyat tezlik tavsifi deyiladi, tahlil qilish uchun (18.5) ifodani ko‘raylik. Undan ko‘rinadiki, kuchlanish o‘zgar­mas bo‘lganda, unga ikki omil ta’sir etadi: yakor zanjiri­dagi kuchlanish pasa­yuvi, hamda magnit F oqimi. YUklanish ortganda (18.5)ning surati kamayadi, bunda yakor reaksiyasi ta’­sirida maxraj ham kamayadi. Aksariyat, yakor reaksiyasi ta’sirida magnit oqimning susayishi juda kichik va birinchi omil Ikkinchisiga nisbatan aylanish tezligiga kuchliroq ta’sir etadi. natijada, yuklanish R2 orti­shi bilan aylanish tezligi p kamayadi, grafik abssissa o‘qigi qaratilgan biroz qobiqlik bilan pasa­yuvchi xarakterga ega bo‘ladi. Agar motorda yakor reaksiyasi ta’siri kuchli bo‘lib, F oqim kamaysa, u holda yuklanish ortishi bilan aylanish tezligi ortib boradi (rasmda shtrix chiziq). Tezlik tavsifi ning bunday o‘zgarishi motor turg‘un ishlash shartlarini bajarmagan bo‘ladi: yuklanish ortishi bilan aylanish tezligi ortadi, u esa yuklanishning qo‘shimcha ortishiga olib keladi va h.k., ya’ni motor yakorining aylanish tezligi cheksiz ortib ketadi. Motor tezlik tavsifining pasayuvchi bo‘lishini ta’minlash uchun, ba’zi parallel qo‘zg‘atishli motorlarda “engil ketma-ket” (kam o‘ramli) qo‘zg‘atish chulg‘ami qabul qilinadi. uni stabilizatsiyalovchi chulg‘am deyiladi. Bu chulg‘am kiritilganda, uning MYUK parallel qo‘zg‘atish chulg‘ami MYUK bilan mos yo‘nalishda bo‘lishi shart.

Motor nominal yuklanishdan yu.i. rejimiga o‘tishidagi yakor aylanish tezligining o‘zgarishi foizda ifodalanishi, aylanish tezligining nominal o‘zgarishi deyiladi:

, (18.8)

bunda p0 – motorning yu.i. rejimidagi aylanish tezligi.

Aksariyat, parallel qo‘zg‘atishli motorlar uchun , shu sababli parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlarining tezlik tavsifi bikrili (jestkaya) deyiladi.

Foydali moment M2 ning yuklanishga bog‘liqligi quyidagi ifoda yordamida berilgan Agar bo‘lsa, to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Biroq, yuklanish ortishi bilan aylanish tezligi biroz kamayadi, shu sababli bog‘lanish egri chiziqdan iborat bo‘ladi.

Agar bo‘lsa, motorning aylantiruvchi momenti . Motorning ishchi tavsiflari magnit oqim o‘zgarmas bo‘lishi uchun qo‘zg‘atish toki o‘zgarmas degan shart bilan qurilgani sababli, . Shuning uchun grafik xam ga parallel bo‘ladi. Agar ekanligini e’tiborga olsak, u holda grafik ga o‘xshash bo‘ladi, chunki .

Mexanik tavsif ning analitik ifodasini aniqlash uchun (18.5) ifodani o‘zgartiramiz

(18.9)

ushbu ifodaga (15.24)dan tokning qiymatini topib,

, (18.10)

quyidagini olamiz

(18.11)

bunda - yu.i. rejimidagi aylanish tezligi; - motor valida yuklanish o‘zgarishi sababli yakor aylanish tezligining o‘zgarishi.

18.4.-rasm. Parallel qo‘zg‘atish motorining mexanik tavsiflari a- yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulangan; b- asosiy magnit maydon o‘zgartirilganda; d-yakor zanjirida kuchlsnish o‘zgartirilganda

Agar yakor reaksiyasini e’tiborga olmasak, unda ( bo‘lgani uchun) qabul qilish mumkin. U holda parallel qo‘zg‘atishli motorning mexanik tavsifi abssissa o‘qiga biroz nishabli bo‘lgan to‘g‘ri chiziqni tashkil etadi (18.4,a-rasm).

Yakor zanjiriga ulangan qarshilik qanchalar katta bo‘lsa, mexanik tavsifning nishabligi ham shunchalar katta bo‘ladi. Yakor zanjirida qo‘shimcha qarshiliksiz olingan mexanik tavsif tabiiy mexanik tavsif deyiladi (1 to‘g‘ri chiziq). Yakor zanjirida qo‘shimcha qarshilik bilan olingan mexanik tavsif sun’iy mexanik tavsif deyiladi (2 va 3 to‘g‘ri chiziqlar).

Mexanik tavsifning ko‘rinishi asosiy magnit maydon F qiymatiga ham bog‘liq. Masalan, magnit oqim F kamayganda yakorning yu.i. aylanish tezligi p0 ortadi, shu bilan birga, Δp ham ortadi, ya’ni (18.11) ifodaning ikkala tashkil etuvchilari ham o‘zgaradi. Bu mexanik tavsifning nishabligini keskin orttiradi, ya’ni uning bikirligi kamayadi (18.4,b-rasm).

Yakor kuchlanishi o‘zgarganda yakor aylanish tezligi o‘zgaradi, o‘zgarmasdan qoladi. Natijada, mexanik tavsifning bikirligi (agar yakor reaksiyasi ta’sirini e’tiborga olmasak) o‘zgarmaydi (18.4,s-rasm), ya’ni tavsif bir-biriga parallel qolib, balandlikda siljiydi.