Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1435
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

3. So’rab-surishtirish uslublariga doir

Bemor bilan dastlabki muloqot iliq tabassum ila salomlashishdan va o'zaro tanishuvdan boshlanadi. Shifokor va bemor suhbat uchun qulay vaziyat egallab olgach, bemordan shikoyatlarini, kasallikning rivojlanish tarixi (Anamnesis morbi): qachon, qay tarzda boshlangani, dastlabki klinik belgilari, qachon tibbiy yordamga murojaat qilgan, qanday yordam ko'rsatilgan, uning foydasi va h.k. Bemorning hayot tarixi (Anamnesis vitae): oilaviy, ijtimoiy ahvoli, yashash, ishlash joyi va sharoiti, avvalgi kasalliklari, o'tkazilgan jarrohlik amallari, nasliy-irsiy kasalliklari, dori-darmonlarga allergik sezgirligi kabilar surishtiriladi.

Umumiy ko'zdan kechirish, tekshiruvdan so'ng bemorga dastlabki tashxisiy mulohazalar, yordamchi yoki qo'shimcha tekshiruvlar, dori-darmonlarning qanday qabul qilinishi va boshqa maslahatlar aytiladi. Anamnezning yig'ilishi davolanish jarayonida to'ldirib boriladi. So'rab-surishtirish shifokordan alohida mahorat talab etadi. Aniq. chuqur bilim asosida o'tkazilgan so'rab-surishtirish aksariyat kasallikka to'g'ri tashxisning qo'yilishiga yordam beradi.

Suhbatdan so'ng bemor o'zini yengil his etishi, shifokorga nisbatan katta ishonch, tuzalishga umid paydo bo'lishi darkor! Shifokorning tinglay olish madaniyatiga oid tamoyillarni talabalar uqib olishlari va kelgusi amaliyotlarida qo 'llay olishlari zarur.

4. Konsultasiyani tamoyillari:

  • Konsultasiya asosi- ishonch va bir-birini tushinish;

  • Majburiy shart- tibbiy sirni saqlash;

  • Avval bemorni diqqat bilan tinglash va suxbat chog’ida shifokor diqqat e’tibori bemorda bo’lishi;

  • Bemorga chinakam xamdardlikni namoyon qilish;

  • Xar doim kasalning oilaviy sharoitini xisobga olish;

  • Suxbat chog’ida shifokorni o’zini tabiiy tutishi;

  • Buyruq emas maslaxat berish;

  • Epchil bo’lish, vaziyatga qarab konsultasiya turini o’zgartirib turish;

5. Konsultasiya qoidalari:

  • Bemorga vaol bo’lishga imkoniyat berish;

  • Savollarni tushinarli qilib berish;

  • Bemorni tanqid qilmaslik;

  • Kasalni xayajonga solgan xech narsani nazardan o’tkazib yubormaslik;

  • Tayyor reseptlar bermaslik;

  • Qiyinchiliklarni tezda bartaraf bolishiga ishontirmaslik;

  • Bemorga o’z tuyg’ularini ya'ni- qo’rquv, ishonch, xafachilik, umidsizlik, mayuslikni oshkor etishga imkon berish;

6.Shifokor uchun suxbat olib borish qoidalari:

  • Gapingizni o’ylab gapiring;

  • Pauzalarni ushlang;

  • Bemorga o’z tuyg’ularni bildirishga imkoniyat bering;

  • Qo’llab quvvatlang;

  • O’z qiziqishingizni bildiring;

  • O’z muloxazalaringizni bildiring;

  • Kasalga sizni to’g’rilashga imkon bering;

  • Umumlashtiring va xulosa chiqaring;

  • Kasal nimalarni xis qilayotganini tushinishga xarakat qiling;

  • Kasalning fikrlarini xurmat qiling;

7. Konsultasiya o’tkazilish xolatlari.

  • Krizisli xayotiy xolat;

  • Yaqin odamni yoqotish;

  • Davosi yo’q kasallik, simptomatik davolash;

  • Yomon oilaviy sharoit;

  • Uzoq davom etayotgan og’riq;

  • Xavotir;

  • Depressiya;

  • Bolalarda aqil zaifligi;

  • Bepushtlik;

  • Xar qanday kasallik, ayniqsa og’ir kasallik;

  • Jinsiy zo’rlash;

  • Oiladagi konfliktli xolat;

Kommunikasiya - shifokor ishining asosidir. Insonni tushunish va u bilan muloqot qilish uchun xurmat va e'tibor talab qilinadi. Kommunikasiya - bu muloqot demakdir. Barcha odamlar jumladan bemor va tibbiyot xodimlari bir-biri bilan muloqot orqali munosabatda bo’ladilar, aloqa qiladilar. Kommunikasiya tushunchasi va unga to’g’ri yondoshish shifokor uchun katta axamiyatga ega. Shifokor bemorlar bilan suxbatida o’zining kommunikasiya borasidagi ko’nikmalarini tadbiq qilishi va doimo o’z xatti-xarakatlarini taxlil qilishi lozim. Agar bemor tushkunlikka tushgan bo’lsa, ruxiy va jismoniy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan bo’lsa, shifokor bu xolatda o’zining muloqot borasidagi bor maxoratini, bilim va ko’nikmalarini ishga solmog’i lozim. Ijobiy va iliq muloqot shifokor muvaffaqiyati, samarasi uchun muxim omildir. Ayniqsa pasientni shifoxonaga yotqizishda, uni boshqa bo’limga o’tkazishda, jarroxlik amaliyoti va boshqa og’ir muolajalarga tayyorlashda to’gri muloqotning axamiyati katta. Shifokor bemor bilan samimiy, chin ko’ngildan, uning shaxsini xurmat qilib, qo’llab-quvvatlab, aniq va tushunarli muloqat o’rnatishi kerak. Bemorda muloqat davrida turli extiyojlar kelib chiqishi mumkin. Bunda ularga maslaxatlar berish, ko’nglini ko’tarish, tinchlantirish yoki u bilan ijtimoiy aloqa o’rnatish lozim, bu vaqtda shifokorga uning tajribasi, muloqat ko’nikmalari va muommala vositasi katta axamiyat kasb etadi.