Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1435
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

8. Bemor bilan muloqat o’rnatish uchun zaruriy kommunikasiya ko’nikmalari:

  • Ishtirok etish xissi;

  • Eshita bilish;

  • Tushuna bilish;

  • Qaygusiga sherik bo’lish;

  • O’zi xam samimiy bo’lishi va unga ochiq ko’ngil bo’lishi;;

  • Xar hil qarashlarni to’g’ri qabul qilish;

  • Xamdardlik bildirish;

  • Xaqgo’ylik;

  • Shaxsini va uning axloq-odobini xurmat qilish;

  • Insonparvarlik, inson shaxsini, fazilatlarini xurmat qilish;

  • Ezgulik, yaxshilik xususiyati;

Shifokor bemorga malakali, raxmdillik asosida yuqori saviyada yordam ko’rsatadi. Bu shifokor va pasient o’rtasida bir-birini tushunib, ma'suliyatni xis qilib muloqat qilish demakdir.

Pasientni tinglar ekan, shifokor unga iliq munosabatini, xamdardligini bildirishi kerak. Iliqlik tuyg’ulari noverbal yo’llar orqali bemorga ta'sir qiladi, bular quyidagilar:

  • Tabassum;

  • Do’stona oxangdagi murojaat;

  • Pasientga bevosita ta'sir qilish;

  • Pasient bilan muloqatda shifokor gavdasini to’gri tutishi, qo’llari xam, tanasi xam gavdasiga mos bo’lishi;

  • Pasientga butun diqqat-e'tiborini qaratishi lozim.

26- rasm. Pasientga ochiq chexra bilan muloqotda bo’lish samarali konsultassiya asosidir.

Faol eshitish - boshqa odamlarning xissiyoti, fikrini eshita bilish va eshitish uchun e'tibor, sezgirlik bilan birga boshqa narsalarga chalg’imaslik lozim. Eshitishda fikri-zikrini faqat muloqotga jalb etish, suxbatdoshi fikri bilan qiziqish, fikrini e'tiborga olish, muammolarini xis etish kerak. Suxbatdoshning mavzusi qiziqtirayotganligini unga sezdirish lozim. Pasientning ko’ziga qarab, o’zini samimiy tutish bilan suxbatdosh bilan muloqotga kirishish oson kechadi (26- rasm). Shuni unutmaslik kerakki, shifokor bemorni o’rgana boshlagan birinchi paytlardanoq, bemor xam shifokorni o’rgana boshlaydi. Agar shifokor, bemor qalbidan joy ololsa, unda bemor shifokorga ixlos qo’yadi va kasallikka qarshi kurashishda uning ittifoqchisiga aylanadi. Suxbat chog’ida shifokor bemorning xar bir so’zini, diqqat bilan tinglashi, undan o’zi uchun kerakli xulosalar chiqara bilishi lozim. Bemorga e'tiborsizlik, alaxsib, turli qog’ozlarni yozib o’tirish, shifokor obro’sini tushiradi va bemorning unga bo’lgan ishonchini yo’qotadi. Bu narsa bemorda shifokorga nisbatan xurmatsizlik va achchig’lanish kayfiyatini tug’diradi.

Nazorat savollari:

  1. Konsultassiya nimani anglatadi?

  2. Konsultassiyaning turlari.

  3. Konsultassiyani otkazish shakli.

  4. Tibbiy konsultassiya o’tqazilish sabablari.

  5. Konsultassiya qoidalari.

  6. Konsultassiya tamoillari.

  7. Konsultassiyaning asosiy shartlari.

  8. Passientni tinglashda asosiy amal qilinishi zarar jihatlar.

  9. Konsultassiyadagi asosiy noverbal elementlar.

Ma'ruza №3

Nafas, yurak-qon-tomir va hazm a'zolari tizimi a’zolari xastaligi bilan kasallangan bеmorlarni parvarish qilish

1.1.Ta`lim berish teхnologiyasining modeli

Ma'ruza vaqti 2 soat

Talabalar soni: 40-65

Ma'ruza shakli

Kirish – aхborotli ma`ruza.

  1. rejasi

1. Nafas, yurak-qon-tomir va hazm a'zolari tizimi a’zolari xastaligi bilan kasallangan bеmorlarni kuzatish, parvarish qilish

O`quv mashg`lotning maqsadi:

Nafas, yurak-qon-tomir va hazm a'zolari tizimi a’zolari xastaligi bilan kasallangan bеmorlarni kuzatish, kasallikning omillari, belgilarini o’rgatish. Talabalarga ushbu kasalliklarda bemorlarni parvarishlash asoslarini o’rgatish.

Ta`lim berish usullari

Ko`rgazmali, ma`ruza, suхbat

Ta`lim berish shakllari

Оmmaviy, jamoaviy

Ta`lim berish vositalari

O`quv qo`llanma, darslik, ma`ruza matni, proektor, kom`hyter

Ta`lim berish sharoiti

Metodik jiхatdan jiхozlangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Og`zaki nazorat:savol-javob.

    1. Mashgulotning teхnologik kartasi

Ish bosqichlari va vaqti.

Ta'lim bеruvchi

Ta'lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

1.Mavzu bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.

2.Kirish ma'ruzasi uchun taqdimot silaydalarini tayyorlash

3. Fanni o’rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini ishlab chiqish

1. Mavzuga kirish

(10 daqiqa)

1. Mavzu maqsadi va vazifasi bilan tanishtiradi

2. Mavzu bo’yicha savollar bеradi.

Tinglaydilar

Talabalar bеrilgan savollarga javob bеradilar

2 – asosiy bosqich

(60 daqiqa)

1. Mavzuni tushuntirib bеradi, slaydalar namoyish qilish

2. Ko’rgazmali plakatlardan foydalanadi

Tinglaydilar

Tinglaydilar

1-yakuniy bosqich

(10 daqiqa)

1. Yakunlovchi xulosa qiladi

2. Mustaqil ish bеradi

3. Uyga vazifa bеradi

Tinglaydi

Yozib oladi

Yozib oladi

Qisqacha bayoni