Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК 2022-2023 ЭМТТС.docx
Скачиваний:
234
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
2.51 Mб
Скачать

3.1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

Bilim olishdagi uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim tizimi. Elektr energiyasi, uning xususiyatlari va qo‘llanilishi. O‘zbekistonda elektr energetikani rivojlanish tarixi va kelajagi. Fanning rivojlanish tarixi va istiqboli. Elektr mashinalari va transformatorlarni ta’mirlash va sinash kursiga oid ma’lumotlar.

1-modul. Elektr mashinalarni va trasformatorlarni ta’mirlash va sinash

1-mavzu. Elektr mashinalarni va trasformatorlarni ta’mirlash va sinash faniga kirish

Elektr mashinalari va transformatorlarni ishlatish jarayonida sodir bo‘ladigan nosozliklar hamda ularni ta’mirlash masalalarini tashkil qilish va ularni amalga oshirish

2-mavzu. Ta’mirlashni tasniflash, joriy va kapital ta’mirlash

Joriy ta’mirlash, o‘rtacha ta’mirlash, kapital ta’mirlash, tiklanadigan ta’mirlash, tiklovchi ta’mirlash, takomillashtiruvchi ta’mirlash, majburiy ta’mirlash, ko‘rikdan so‘ng ta’mirlash, tashkil qilish buyicha ta’mirlash.

3-mavzu. Elektr mashinalarni ta’mirlashni rejalashtirish

«Ta’mirlash sikli»ning davomiyligi ekspluatasiya shartlariga mustahkamlik ko‘rsatkichi talablarga, ta’mirlashga yarokliligi, tayyorlovchi zavod ko‘rsatmalari bilan aniqlash.

4-mavzu. Elektr mashinalari va transformatorni ta’mirlash sexining tuzilmasi

Elektr ta’mirlash korxonasi tuzilmasi va uning jihozlari tarkibi

ta’mirlanayotgan jihozlar nomenklaturasi va hajmi bilan belgilanadi. Elektr mashinalari, transformatorlar ta’mirlashini tashkil etish.

2-modul. Elektr mashinalarni va trasformatorlarni ta’mirlash

5-mavzu. Elektr mashinalarini ta’mirlash

Elektr mashinalarini ta’mirlash ishlari ketma-ketligini aniqlash va bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzish.

6-mavzu. Transformatorlarni ta’mirlash

Transformatorlarni ta’mirlash ishlari ketma-ketligini aniqlash va bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzish.

3-modul. Elektr mashinalarni bo‘laklarga ajratish va nuqsonlarini aniqlash.

7-mavzu. Elektr mashinalarni qismlarga ajratish

Elektr mashinalarni qismlarga ajratish ketma-ketligi, ulardagi nuqsonlarni aniqlash.

8-mavzu. Magnit o‘zaklarni ta’mirlash

Elektr mashinani stator va rotor magnit o‘tkazgichlarining buzilishlari. Magnit o‘tkazgichnnig ta’mirlashning turlari. Elektr mashinalarini magnit o‘tkazgichlarini ta’mirlash vaqtida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ishlar va ularni bajarilish tartibi.

9-mavzu. Korpus va podshipnik qalqonlarini ta’mirlash

Korpus va qalqonlarni ta’mirlash. Korpus va qalqonni singan panjarini tiklash. Rezba teshiklarini tiklash.

10-mavzu. Vallarni ta’mirlash

Elektr mashinalarining valini ta’mirlash vaqtida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ishlar va ularni bajarilish tartibi.

11-mavzu.Rotorning qisqa tutashgan chulg‘amlarini ta’mirlash

Rotorni qisqa tutashgan chulg‘amini ta’mirlash. Qo‘yma chulg‘amni ta’mirlash. Payvandlangan chulg‘amni ta’mirlash.

12-mavzu. Elektr mashinlarini ta’mirlashdan keyingi sinash

Elektr mashinalarini ta’mirlashdan keyingi sinash. Elektr mashinalarini ta’mirlashdan oldingi sinov natijalari bilan taqqoslash.

4-modul. Transformator aktiv qismini kapital ta’mirlash

13-mavzu. Transformatorning aktiv qismini ta’mirlash

Transformatorning aktiv qismi bilan tanishish. Transformatorning aktiv qismini ta’mirlash vaqtida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ishlar va ularni bajarilish tartibi.

14-mavzu. Qayta ulash qurilmalari va mexanik qismlarni ta’mirlash

Chulg‘amni ta’mirlash, magnit o‘tkazgichni ta’mirlash, ulovchi o‘tkazgichni ta’mirlash, qayta ulagichni ta’mirlash.

15-mavzu. Transformator moyini quritish, tozalash va degazasiyalash

Uzoq muddatli ekspluatatsiya qilish jarayonida moy tavsifi yomonlashganligi sababli ularni quritish, tozalash va transformator moyini degazasiyalash talab etiladi. quritish, tozalash va transformator moyini degazasiyalashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ishlar tartibi.

16-mavzu. Kapital ta’mirlashdan keyingi transformator sinovi

Transformatorlarni kapital ta’mirlashdan keyingi sinash vaqtida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ishlar va ularni bajarilish tartibi.

5-modul. Elektr mashinalar va transformatorlarni sinashning umumiy qoidalari.

17-mavzu. Sinovlarning turlari va qisqacha tavsiflari

Qizish sinovlari, shovqin va vibratsiyani o‘lchash, izolyasiya sifatini tekshirish, o‘ta yuklanish qobiliyatini aniqlash.

18-mavzu. Salt ishlash tavsifini aniqlash

Salt ishlash tavsifini aniqlash. Katta quvvatli mashinalarni ishga tushirish usullari. Transformasiyalash koeffisiyentini aniqlash.

19-mavzu. Chulg‘am ulanish guruhini tekshirish va aniqlash.

To‘g‘ri usul, ikkita voltmetr usuli, ko‘prik usuli, o‘zgarmas tok usuli.

20-mavzu. Chulg‘am qarshiligini o‘zgarmas tokda tekshirish

Oddiy kuprik usuli. Qo‘sh ko‘prik yoki Vitson ko‘prigi. Ommetr yoki logometr usuli. Voltmetr va ampermetr usuli.

6-modul. Elektr kattaliklarni aniqlash uchun sinovlar

21-mavzu. Chulg‘am toki, aktiv qarshiligi va elektr quvvatini o‘lchash

Sinovlarga bo‘lgan talablar. Chulg‘amlarni korpusga nisbatan izolyasiya qarshiligini o‘lchash.

22-mavzu. Izolyasiya qarshiligini o‘lchash va uni elektr mustahkamligini sinash

O‘zgarmas tokda korpusga nisbatan chulg‘am qarshiligini o‘lchash. O‘lchash sxemalari, chulg‘am izolyasiyasini elektr mustahkamligini tekshirish.

23-mavzu. Foydali ish koeffisiyentini aniqlash usullari

Bevosita usul, motor-generator usuli, tormozlash usuli, yuklama usuli, bilvosita usul, darajalangan motor usuli, o‘z-o‘zini tormozlash usuli, kalorimetrik usul.

7-modul. Noelektrik kattaliklarni aniqlash sinovlari

24-mavzu. Temperaturani o‘lchash

Termometr usuli, qarshilik usuli, o‘rnatilgan temperatura datchiklari usuli, qarshilik termometrlari, termo issiqlik o‘zgartiruvchi usullar.

25-mavzu. Aylanish chastotasini o‘lchash

To‘g‘ri o‘zgartkich usuli, Magnit taxometri, Magnitoelektrik taxometr, O‘zgaruvchan tok kuchlanishini shakllantiruvchi taxometr, Solishtirish usuli, Stroboskopik taxometrlar, Chastota usuli, Induksion taxodatchiklar,

26-mavzu. O‘zgaruvchan tok mashinalarining sirpanishini o‘lchash

O‘zgarmas tok ampermetri usuli, induktiv g‘altak usuli, stroboskopik usul, chastota usuli.

27-mavzu. Valdagi mexanik momentni o‘lchash

O‘lchov usullari, statik usul, yig‘indi momentni hisoblash usuli, dinamik usuli, moment o‘lchagichlarning tormozlash qurilmalari, friksion tormozlar, ayerodinamik va gidravlik tormozlar, elektromagnit tormozlar, elektromashinaviy tormozlar, dinamik momentlarni o‘lchash.

8-modul. Sinalayotgan elektr mashinalar va transformatorlarnig shovqin darajasi va tebranishini o‘lchash

28-mavzu. Elektr mashinalari va transformatorlar shovqini

Elektr mashina va transformatorlardagi shovqin. Magnitostriksiyadan kelib chiqadigan shovqin. Magnit kuchlar tomonidan paydo bo‘lgan shovqin.

29-mavzu. Transformator moyini sinash turlari

Teshilish kuchlanishi, elektr mustahkamlik uchun sinov, suv borligini sifatli aniqlash, mexanik aralashmalarning tarkibiga qarab aniqlash.

30-mavzu. Ishonchlilikka sinashning umumiy xarakteristikasi

Nazorat sinovlari, Soddalashtirilgan sinov rejasi, Oddiy sharoitlarda tezlashtirilgan sinovlar, Ishonchlilikni tekshirish nazorat sinovlari usuli, Sinashni rejalashtirish, Tezlashtirilgan sinovlar